
Lopetegi "Vest Xem"ga "Barselona" futbolchisini olib kelmoqchi
"Vest Xem" klubiga yaqindagina tayinlangan Xulen Lopetegi jamoaga "Barselona" futbolchisini olib kelmoqchi.
"Mundo Deportivo"ning xabar berishicha, murabbiy jamoani kuchaytirish maqsadida Ferran Torresni transfer qilsoqchiligini ma’lum qildi. Ammo hujumchining o‘zi "Barselona"ni tark etish niyatida emas. Ferranning shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan va u boshqa takliflarni ko‘rib chiqmaydi.
Ferran Torres yakuniga etgan mavsum barcha turnirlarda "Barselona" tarkibida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 4 ta assist amalga oshirgan.
Fikrlar