Lopetegi "Milan" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

  • 27 aprel, 2024, 13:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" jamoasi yozda yangi bosh murabbiy tayinlashni rejalashtirmoqda. "Gazzetta.it" nashri xabariga ko‘ra, rossonerilar "Real" va Ispaniya terma jamoasida ishlagan Xulen Lopetegini bu lavozimga asosiy da’vogar deb hisoblamoqda.

Tecno

Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis milanliklar rahbarlarida yaxshi taassurot qoldirgan va u asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Avvalroq OAVda "Milan"ning amaldagi bosh murabbiyi Stefano Pioli mavsum yakunida iste’foga chiqishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, "qizil-qoralar" joriy mavsum klub A Seriyaning 33-turidan so‘ng 69 ochko to‘pladi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.  "Inter" rasman mamlakat chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!