
"Liverpul" nechta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayotganini bilasizmi?
"Liverpul" mag‘lubiyatsiz seriyasini 22 ta o‘yinga etkazdi.
Arne Slot shogirdlari APL 18-turi doirasidagi o‘yinda "Lester"ni mag‘lub etdi (3:1).
Mersisaydliklarning barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 22 ta o‘yindan buyon davom etmoqda - 19 g‘alaba va 3 durang. "Liverpul" oxirgi marotaba 14 sentyabr kuni "Nottingem Forest" bilan o‘yinda (0:1) mag‘lub bo‘lgandi.
Keyingi bellashuvda "qizillar" safarda "Vest Xem"ga qarshi o‘ynaydi. Premer-liganing navbatdagi tur o‘yinlari 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar