"Liverpul" "Lester" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 19 yanvar, 2022, 15:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL chempionligi uchun da’vogarlik qilayotgan "Liverpul" o‘z tarkibini saviyali yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

"El Nacional" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar "Lester" futbolchisi Yuri Tilemansni sotib olishga harakat qilib ko‘radi. "Tulkilar" va Yuri o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilning iyunida yakuniga etadi.

"Qizillar" belgiyalik futbolchi uchun 40 million evro taklif etmoqda. Avvalroq, Yurgen Klopp o‘z jamoasiga boshqa bir iste’dodli yarim himoyachi Jud Bellingemni olib kelish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Joriy mavsum 24 yoshli xavbek "Lester" libosida 23 uchrashuv o‘tkazib, 6 gol va 3 assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!