
“Liverpul” besh hujumchini nishonga oldi
Angliyaning yangi chempioni “Liverpul” kelasi mavsum oldidan jamoaning hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirishni mo‘ljallamoqda.
Arne Slot o‘z tarkibida ko‘p gol ura oladigan yangi forvardni ko‘rmoqchi.
Liverpulliklar yozda jamoaga taklif etiladigan besh nafar hujumchi ro‘yxatini shakllantirdi. Klubning asosiy nishoni Angliya Premer-ligasiga to‘liq moslashgan va to‘purar qobiliyatini namoyish qilib kelayotgan “Nyukasl” forvardi Aleksander Isaak hisoblanadi.
Ikkinchi nomzod yana bir shvetsiyalik to‘purar Viktor Dyokeresh ekani aytilmoqda. “Sporting” forvadiga boshqa klublardan ham chorlovlar bor.
“Liverpul” shved futbolchilaridan tashqari Ugo Ekitike (“Ayntraxt”), Liam Delap (“Ipsvich”) hamda Viktor Osimxen (“Napoli”) bilan ham hamkorlik qilishga tayyor.
O‘z navbatida, “Liverpul”ni jamoada ishlari yurishmayotgan Darvin Nunes tark etishi kutilyapti. Yangi ijrochi aynan urugvaylik futbolchi o‘rnini to‘ldirish uchun olinadi.
Fikrlar