
Lionel Messi "Oltin butsa" uchun kurashda yaqqol etakchilik qilmoqda
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga beriladigan an’anaviy “Oltin butsa” mukofoti uchun kurashayotganlar ro‘yxatida joriy haftadagi o‘yinlardan so‘ng ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi.
Ushbu sovrin uchun kurashda hamon "Barselona" forvardi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobidagi gollar hozircha 33tani tashkil etadi. Ro‘yxatning kuchli uchligidan esa Kilian Mbappe (PSJ, 27) va Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya", 22) joy olgan.
"Oltin butsa" uchun kurashayotgan futbolchilar reytingi hozircha quyidagi ko‘rinishda:
1. Lionel Messi ("Barselona") - 33 gol (*2) = 66 ochko;
2. Kilian Mbappe (PSJ) - 27 gol (*2) = 54 ochko;
3. Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya") - 22 gol (*2) = 44 ochko;
4-5. Robert Levandovski ("Bavariya") - 21 gol (*2) = 42 ochko;
4-5. Kshishtof Pentek ("Milan") - 21 gol (*2) = 42 ochko;
6-7. Duvan Sapata ("Atalanta") - 20 gol (*2) = 40 ochko;
6-7. Luis Suares ("Barselona") - 20 gol (*2) = 40 ochko;
8-9. Mbaye Diane ("Kasympasha") - 26 gol (*1,5) = 39 ochko;
8-9. Lyuk de Yong (PSV) - 26 gol (*1,5) = 39 ochko;
10-12. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 19 gol (*2) = 38 ochko;
10-12. Serxio Aguero ("Manchester Siti") = 19 gol (*2) = 38 ochko;
10-12. Muhammad Saloh("Liverpul") - 19 gol (*2) = 38 ochko.
Fikrlar