Lionel Messi Krishtianu Ronaldu va Roberto Karlosni ortda qoldirmoqda

  • 1 fevral, 2021, 12:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sardori Lionel Messi Ispaniya chempionati 21-turida "Atletik" darvozasiga jarima zarbasidan gol kiritdi.

Tecno

Twitter Mister Chip ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi La liga bahslarida 403 ta jarima to‘pining 38 tasini gol bilan yakunlagan. Shu tariqa, u jarima zarbasidan gollar urish bo‘yicha Ispaniya chempionatida chorak asrning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi natijani "Real" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu qayd etgan, uning hisobda 310 ta urinishda 19 ta gol bor, uchinchi pog‘onada "qaymoqrangliklarng sobiq himoyachisi Roberto Karlos (382 tadan 16 ta gol) egallab turibdi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida argentinalik futbolchi 18 ta o‘yinda 12 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!