
"Lion" o‘z etakchisini qanchaga sotmoqchi?
"Lion" klubi Evropa grandlarining e’tiboriga tushgan yarim himoyachisi Tangi Ndombelening narxini e’lon qildi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra lionliklar 22 yoshli futbolchisini 100 mln evroga baholashmoqda. Biroq, ular bu borada bildiriladigan 70-80 mln evrolik takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ndombeleni Madridning “Real” klubi sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ndombele joriy mavsum “Lion” safida Frantsiya chempionatida 30ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar