Liga 1. 9 ta gol kiritilgan bahsda PSJ "Tuluza"ni yirik hisobda engdi. Dembeledan dubl, Neveshdan esa xet-trik
- 31-август 2025, 02:46
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Liga 1ning 3-turidan o‘rin olgan bahsda Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ safarda "Tuluza" bilan to‘qnash kelib, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Portugaliyalik yarim himoyachi hisoblangan Joau Nevesh ushbu bellashuv davomida xet-trikni rasmiylashtirdi (7, 14 va 78). Usmon Dembele esa 31 va 51-daqiqalarda ikki bor penaltidan unumli foydalanib, dubl muallifi bo‘ldi. Bundan tashqari, Barkola ham 9-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Parijliklar 6 goliga "Tuluza" futbolchilari 3 gol bilan javob berdi (Charli Kressuell 37, Yann Gboo 89 va Aleksis Vossa 90+1).
Ligue 1
vs
Paris Saint Germain won after full-time.Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q