"Lids" Mourino va Eshpiritu Santu o‘rtasida tanlov qiladi
- 12-сентябр 2025, 10:52
- Jahongir Inomjonov
- 0
- Futbol
Angliyaning "Lids" klubi tez orada jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlaydi. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Premer-liga vakili ikki mashhur portugaliyalik mutaxassisga qiziqish bildirmoqda. Ular Joze Mourino va Nuno Eshpiritu Santu. Hozirda ikkalasi ham ishsiz - Mourino Turkiyaning "Fenerbaxche" klubini tark etgan bo‘lsa, Santu "Vulverxempton"dan ketgan.
Ayni paytda "Lids" jamoasining bosh murabbiyi lavozimini Daniel Farke egallab turibdi. Angliya Premer-ligasining uch turi o‘tkazilgach, jamoa to‘rt ochko to‘plab, turnir jadvalida o‘n ikkinchi o‘rinni egallagan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q