
Levandovskining ishlari yurishmayapti
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski gol urishda muammoga duch kelmoqda. "Ko‘k-anorrnglilar" hujumchisi ketma-ket oltita uchrashuvdan beri raqib darvozasini ishg‘ol qila olmayapti. Bu Robertning 2011 yildan beri eng yomon seriyasi.
Kecha Chempionlar ligasi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda polshalik "Barsa" muxlislarini gol bilan xursand qila olmadi. Uning golsiz seriyasi 26 sentyabr kuni La Liga doirasida "Malorka" bilan uchrashuvida (2:2) boshlangan. O‘shandan beri Robert "Sevilya", "Portu", "Real Madrid", "Real Sosedad"ga gol ura olmadi. Oktyabr oyida 35 yoshli forvard jarohati tufayli uch hafta o‘ynamadi.
Fikrlar