
Levandovski qachongacha zo‘r o‘ynashini aytdi
“Barselona”ning 35 yoshli hujumchisi Robert Levandovski hali futbolchilik faoliyatiga yakun yasamoqchi emas.
- Men futbolda o‘zim istagan barcha narsalarni yutdim, deya olmayman. Hali kurashish va g‘olib chiqish ishtiyoqini yo‘qotganim yo‘q.
Yuqori saviyada yana uch-to‘rt yil o‘ynay olaman, deb o‘ylayman. Chunki jismoniy tomondan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, - dedi Robert Levandovski.
Robert Levandovski Bundesligadagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng 2022 yilning yozida Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar