
"Lester" Jordan Ayyuni o‘z safiga qo‘shib oldi
Gana milliy terma jamoasi va Angliyanig "Kristal Pelas" klubi futbolchisi Jordan Ayyu "Lester"ga ko‘chib o‘tdi.
London jamoasi 32 yoshli hujumchisini 5 million funt sterling evaziga sotdi. Yana 3 million funt bonuslar sifatida beriladi. Ganalik futbolchi "tulkilar" bilan 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Ayyu o‘tgan mavsum APLning 35 ta o‘yinida maydonga tushgan va hisobiga 4 ta gol urgan, 7 ta golli uzatmani qo‘shib qo‘ygan.
Fikrlar