Legionerlarimiz. Bugun Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jamoasi kuchli raqibga qarshi o‘yin o‘tkazadi

  • 5 mart, 2022, 13:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer-ligasida 20-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda xamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev harakat qiladigan "Nijniy Novgorod" klubi safarda TsSKA bilan bahs olib boradi.

Tecno

Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Bahs Match TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Nijniy Novgorod" ayni payt 22 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan. TsSKA hisobida 33 ochko mavjud bo‘lib, "armiyachilar" 4-o‘rinni egallab turibdi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!