Legionerimiz yangi jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi

  • 29 yanvar, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasining yangi mavsumida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari “Qayrat” klubiga ham muxlislik qiladi.

Tecno

Chunki bu klub o‘z safiga o‘zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni qo‘shib oldi.

Ayni payta almatiliklar mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z qarorgohida o‘tkazmoqda.

“Qayrat” bir kunda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi vakillari bilan bo‘lgan bahsda 1:1 hisobida durang natija qayd etildi.

Ikkinchi uchrashuvda almatiliklar “Xan-Tegri” jamoasi bilan kuch sinashdi. Mana shu bahsda Ibrohimxalil Yo‘ldoshev yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. “Qayrat” to‘liq ustunlik qilgan bellashuvda Artur Shushenachevning dubli almatiliklarga 2024 yildagi birinchi g‘alabani keltirdi.

Hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq harakat qilib, jamoasining muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shdi.

65b656ad2edf8

Yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilayotgan “Qayrat” o‘zbek futbolchisini Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Nijniy Novgorod”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir yilga ijaraga oldi.

22 yoshli chap qanot himoyachisi aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondan “sherlar”dan tashqari ijara asosida “Bunyodkor” jamoasida ham o‘ynagan.

Yo‘ldoshev legioner maqomini ancha yosh vaqtida oldi. Iste’dodli himoyachi 2021 yilning avgustida Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Futbolchimizni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun “Nijniy Novgorod” jamoasi “paxtakor”ga 250 ming evro to‘lagani qayd etilgan.

Ibrohimxalilning legioner sifatidagi faoliyati ancha omadli boshlandi. Premer-ligadagi dastlabki mavsumida 19 ta uchrashuvda qatnashib, Moskvaning “Spartak” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylangan Yuldoshev keyingi mavsumda 27 marotaba maydonga tushdi. U himoyadagi o‘z vazifasini uddalashdan tashqari, jamoa hujum chizig‘iga yordam berib, “Sochi” va “Ural” darvozalarini ishg‘ol qildi.

Premer-ligada yaxshi o‘ynay boshlagan hamyurtimizga ayrim jamoalardan qiziqish bo‘ldi. Xususan, Rossiya matbuoti o‘zbe futbolchiga “Spartak” e’tibor qaratganini yozgandi. Lekin ish rasmiy taklifgacha etib bormadi.

Joriy mavsumdan Ibrohimxalilning o‘yinida pasayish kuzatildi. “Nijniy Novgorod” bosh murabbiyi Sergey Yuran uni boshlang‘ich tarkibga kiritmay qo‘ydi. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham Yo‘ldoshev o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishi kerakligini ta’kidlab, bosh jamoaga chaqirmadi.

Xullas, yangi mavsumda Premer-liga va Rossiya kubogida olti marta maydonga tushgan futbolchimiz o‘z hisobiga bitta assist rasmiylashtirdi xolos.

6fb754317e3bcee9b9ab1003cf7d2767

Umumiy hisobda, Rossiyadagi faoliyati davomida jami 63 ta bahsda qatnashib, uchta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev endi 2024 yilning oxirigacha “Qayrat”da o‘ynaydi va bu jamoadagi o‘yinlar orqali yana O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytishga harakat qiladi.

Shomurodov faoliyatida yangilik bo‘lishi kutilyapti!

O‘zaro to‘qnashuv oldidan O‘zbekiston va Tailandning eng kuchli tomoni aytildi!

Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston bilan o‘ynasak yaxshi bo‘lardi!

O‘zbekiston “qora an’ana”ga chek qo‘ydi yoxud Qatardagi rekordlar, sensatsiyalar va faktlar

 Fayzullaev darrov o‘zini ko‘rsatdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!