SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

Tugagan
Sogdiana
5 - 2
Surkhon Termez
SogdianaSogdiana
Surkhon TermezSurkhon Termez
Tugagan
5
2
Tugagan
Pakhtakor
2 - 0
Nasaf
PakhtakorPakhtakor
NasafNasaf
Tugagan
2
0
Tugagan
Dinamo Samarqand
0 - 0
Andijan
Dinamo SamarqandDinamo Samarqand
AndijanAndijan
Tugagan
0
0
Tugagan
Ipswich Town
0 - 0
Southampton
Ipswich TownIpswich Town
SouthamptonSouthampton
Tugagan
0
0
Tugagan
Al Khaleej
3 - 1
Al Najma
Al KhaleejAl Khaleej
Al NajmaAl Najma
Tugagan
3
1
Tugagan
Al Fateh
1 - 0
Al Shabab
Al FatehAl Fateh
Al ShababAl Shabab
Tugagan
1
0
Tugagan
NEOM SC
0 - 1
Al Hazm
NEOM SCNEOM SC
Al HazmAl Hazm
Tugagan
0
1
Tugagan
Damac FC
0 - 1
Al Hilal
Damac FCDamac FC
Al HilalAl Hilal
Tugagan
0
1
Tugagan
Paris Saint Germain
3 - 4
FC Bayern München
Paris Saint GermainParis Saint Germain
FC Bayern MünchenFC Bayern München
Tugagan
3
4
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2810
3GMCaruana, Fabiano2793
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMKeymer, Vincent2762
6GMFirouzja, Alireza2759
7GMWei, Yi2754
8GMSo, Wesley2754
9GMGiri, Anish2753
10GMErigaisi Arjun2751
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Islom Ahmedov: "Jamoamizning ko‘rinmas kuchlariga ham alohida rahmat aytmoqchiman"
  • Бугун, 00:57
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Vadim Abramov: "O‘zimiz o‘yinni raqibga topshirib qo‘ydik"
  • Бугун, 00:09
FutbolBilolbek Imomov
Mundialga ilk qadamlar: Ravshan Ermatov O‘zbekiston terma jamoasining rejasi haqida gapirdi
  • 28-апрел, 17:31
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

Shatskix: Husanovni bu futbolchi bilan solishtirmang!Futbol
  • 28-апрел, 07:05
  • 0
Shatskix: Husanovni bu futbolchi bilan solishtirmang!
“Barsa” O‘zbekiston raqibidan ikki futbolchi oladiFutbol
  • 28-апрел, 00:03
  • 0
“Barsa” O‘zbekiston raqibidan ikki futbolchi oladi
Superligada bosh murabbiyligidan bo‘shatildiFutbol
  • 28-апрел, 10:47
  • 1
Superligada bosh murabbiyligidan bo‘shatildi
"JCh-2026" finalidan keyin Superliga qayta boshlanadi, taqvimda o‘zgarishlar kutilyaptiFutbol
  • 28-апрел, 13:09
  • 0
"JCh-2026" finalidan keyin Superliga qayta boshlanadi, taqvimda o‘zgarishlar kutilyapti
Superliga. Bugungi oʻyinlardan soʻng turnir jadvaldagi holat bilan tanishingFutbol
  • 28-апрел, 22:36
  • 0
Superliga. Bugungi oʻyinlardan soʻng turnir jadvaldagi holat bilan tanishing

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
Legionerimiz ikkita supergol orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi!
  • #Qayrat
  • #Jasur Yaxshiboev
  • #Ordabasi
  • #Ibrohimxalil Yo‘ldoshev
  • #Shahboz Umarov

Legionerimiz ikkita supergol orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi!

  • 19-август 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi jamoalari uchun 17-tur uchrashuvlari mag‘lubiyatsiz yakunlandi.

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘ynayotgan “Qayrat” jamoasi “Qizil-Jar” mehmoni bo‘lib, qiyin o‘tgan bellashuvda kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Bellashuvning 39-daqiqasida Anlrey Ulshin kiritgan gol “Qayrat”ga navbatdagi uch ochkoni keltirdi.

Bellashuvda legionerimiz to‘liq o‘ynab, muhim g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.  

“Qayrat”  16 ta uchrashuvda ochkolari sonini 31 taga etkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tajribali hujumchimiz Shohnazar Norbekovning jamoasi “Qaysar” chempionlik uchun kurashayotgan “Aktobe”dan ochko tortib oldi. Raqib maydonida o‘tkazilgan bahsning 44-daqiqasida Ersulton Torekulning o‘rniga maydonga tushgan legionerimiz 82-daqiqaga kelib, qayta zaxiraga olindi.

Ikki ochko yo‘qotgan “Aktobe” birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Turning eng murosasiz uchrashuvi “Shaxtyor” va “Ordabasi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv qahramoni Jasurbek Yaxshiboev bo‘ldi.  Beshta gol bo‘lgan bellashuv 3:2 hisobida chimkentliklar g‘alaba qozondi.

Jasurbek Yaxshiboev mehmonlarning uchala golida ishtirok etdi. O‘zi ikkita to‘p kiritganidan tashqari legionerimiz jamoadoshi Artyom Besedinga ham golli pas uzatdi.

“Ordabasi”dagi ikkinchi vakilimiz Shahboz Umarov bahsda ishtirok etmadi.

Qozog‘iston Premer-ligasidagi debyut mavsumida ilk bor dubl qayd etgan Jasur Yaxshiboev chempionatdagi gollari sonini 7 taga etkazib, to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Mohir hujumchi to‘purarlar bahsida “Tobol” hujumchisi Islom Chesnokov va “Qayrat” legioneri Joao Paulodan bitta golga o‘zib ketdi.

E’tiborli jihati, 27 yoshli hujumchimiz Qozog‘iston chempionatidagi ilk uchrashuvini birinchi turda aynan “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazib, o‘shanda ham raqib darvozasiga yo‘l topa olgandi.

Yaxshiboev bu ligadagi ettita golidan qolgan to‘rttasini “Qayrat”, “Turon”, “Jetisu” va “Qaysar” jamoalari darvozasiga kiritgan.

Hamyurtimizning dubli evaziga qimmatli uch ballni qo‘lga kiritgan amaldagi chempioni birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini saqlab turibdi. Hozirgi peshqadam “Qayrat”dan ikki ochkoga ortda qolayotgan chimkentliklar hisobida yana ikkita o‘yin bor. Ayni paytda Yaxshiboev va Umarov jamoasi 14 ta o‘yindan keyin 29 ochko bilan uchinchi qatorda boryapti.

Qozog‘iston Premer-ligasida o‘ynayotgan to‘rt nafar legionerimizning o‘z klublari bilan amaldagi shartnomalari shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etadi.

 

O‘zbek bokschisi o‘ta tezkor ekan, uni hech kim “tutolmadi”!

TsSKA hujumchilardan norozi, Fayzullaev esa transferlar haqida gapirdi!

Shomurodov “Roma”da qoldimi?

Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

 

 

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q