
"La Gazette dello Sport": Shomurodov "Roma"ning eng ko‘p ball olgan futbolchilaridan biri
UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida "Roma" klubi Sofiyaning TsSKA jamoasini mag‘lub etdi. O‘yin rimliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu bahsni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz ikkita golga assistni amalga oshirdi. Italiyaning eng mashhur nashrlaridan biri sanalgan "La Gazette dello Sport" mazkur bellashuv uchun futbolchilarga ball qo‘yib chiqdi. Hamyurtimizning bu boradagi ko‘rsatkichi eng yuqori 7,5ga teng bo‘ldi.
Fikrlar
Shomurodovga 7,5