
Kutib oling, xokkey bo‘yicha jahon chempionlari...
- 30-май 2022, 10:37
- 1
- Xokkey
Xokkey bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Finlyandiya terma jamoasi kanadalik xokkeychilar bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan bahsning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Overtaymlarda esa finlyandiyalik xokkeychilar bir bora raqib darvozasiga shayba kiritdi.
Shu tariqa, "suomilar" o‘z tarixida to‘rtinchi marta Jahon chempioniga aylandi.
3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Chexiya terma jamoasi AQSh xokkeychilariga qarshi "muz"ga chiqdi va 8:4 hisobida zafar quchib, musobaqa bronza medallariga ega chiqdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q