Kurtua derbini o‘tkazib yuborishi mumkin — Luninga imkoniyat beriladi
- 19-март, 15:12
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Tibo Kurtua "Real"ning yaqinidagi oʻyinini deyarli aniq oʻtkazib yuborishi kutilmoqda. "AS" nashri maʼlumotiga koʻra, yaqinida olgan jarohati belgilayik darvozabonga "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisida maydonga tushishga toʻsqinlik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kurtua seshanba kuni Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsda tanaffusda almashtirilgan edi. Ikkinchi boʻlimni Andrey Lunin oʻtkazdi va endi u derbida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Real" — "Atletiko" uchrashuvi 22 mart, yakshanba kuni boʻlib oʻtadi. Oʻyin "Santyago Bernabeu"da boʻlib, Toshkent vaqti bilan 00:00'da start oladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q