Kunde yosh jamoadoshlarining xatti-harakatlaridan norozi
- 28-август 2025, 10:30
- Jahongir Inomjonov
- 0
- Futbol
"Barselona" safida ko‘plab yosh futbolchilar bor - ularning ayrimlari ishtirokisiz Xans-Diter Flik jamoasining yutuqlarini tasavvur qilish qiyin.
"Ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Jyul Kunde yosh jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.
- Kiyinish xonasida yosh o‘yinchilarimiz o‘zlarini xuddi yosh boladay tutishadi. Ular shunchalik shovqin ko‘tarishadiki, boshim og‘rib ketadi, - dedi 26 yoshli frantsiyalik futbolchi.
Yaqinda Kunde Kataloniya grandi bilan yangi shartnoma imzoladi - kelishuv 2030 yil yozigacha amal qiladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q