"Coventri" Lэмпард boshchiligida 25 yildan so'ng APLga chiqdi
- 18-апрел, 02:14
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
"Koventri" Frenk Lempard rahbarligida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premier-ligasiga yo‘l oldi. Jamoa so‘nggi bor 2001 yilda elita divizionida ishtirok etgan edi.
Lempard boshchiligidagi jamoa muddatidan avval APL yo‘llanmasini naqd qildi. Qiziqi shundaki, mutaxassis "Koventri"ga kelgan paytda jamoa Chempionship jadvalida atigi 17-o‘rinda borayotgan edi. Bor-yo‘g‘i 1,5 yil ichida u 25 yildan beri oliy ligada o‘ynamagan klubni APLga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Jamoaning bu muvaffaqiyatida aynan Lempardning hissasi katta bo‘lgani ta’kidlanmoqda. Mutaxassis va klub o‘rtasidagi hamkorlik kutilganidan ham samarali chiqdi.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida Lempardga "Chelsi" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Qayd etilishicha, agar londonliklar rasmiy taklif bilan chiqsa, murabbiy rad etishi qiyin bo‘lishi mumkin.
Hozircha esa "Koventri" Chempionshipda chempionlik sari ishonchli odimlamoqda — jamoa ikkinchi o‘rindan 11 ochko farq bilan ilgari lab ketgan.