Koutinoga Turkiya klubi qiziqmoqda
- 28-июн 2023, 23:10
- Suhrob Xolbekov
- 0
- Futbol
"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Milliyet.com.tr" nashri. "Beshiktosh" braziliyalik yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Klub transferga 8 million evro sarflashi mumkin.
Koutino birmingemliklarga Unai Emeri bosh murabbiy bo‘lganidan keyin maydondagi daqiqalari kamaydi. Shuningdek, jarohat tufayli ham u ko‘plab o‘yinlarda qatnasha olmadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Koutinoga Braziliyadan takliflar bor. Ammo futbolchi hali o‘z mamlakatiga qaytishni reja qilmagan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q