
Konte: Shu ikkisi tezroq yugurmasa bo‘lmaydi!
“Tottenxem” premer-liganing 21-turida safar uchrashuvida “Uotford”ni kichik hisobda mag‘lub etib, Antonio Konte qo‘l ostidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinini sakkizta uchrashuvga etkazdi.
G‘alabaga qaramay, “Tottenxem” futbolchilari ancha bo‘sh o‘ynadi. Bu italiyalik mutaxassisning e’tiboridan chetdi qolmadi va u o‘yinni kuchaytirish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Biz qo‘llayotgan usulda qanot himoyachilarining roli juda muhim hisoblanadi. Ular hujumdagi samaradorlikni ham ta’minlashiga to‘g‘ri keladi. Bu pozitsiyada o‘ynaydiganlar juda ko‘p energiya sarflashini yaxshi bilaman.
Bu usulda jamoa to‘pga egalik qilganda sen hujumchi va hujumkor qanot futbolchisiga aylanasan, to‘p raqibga o‘tganida o‘ng yoki chap qanot himoyachisi roliga qaytasan.
Shunga qaramay, jamoamizda o‘sishga qodir yosh o‘yinchilar bor, - dedi Antonio Konte.
“Uotford”ga qarshi o‘yinda Konte qanot himoyasida Emerson Royal va Serxio Regilonni o‘ynatdi va aynan mana shu futbolchilar tezkorlikni oshirishi lozimligini bildirdi.
Fikrlar