
Konte nega "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamayapti?
Italiyalik murabbiy Antonio Konte "Tottenxem" klubi bilan shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
“Inter”dan ketgan Konte birinchi mavsumdayoq sovrinlarni yutadigan yangi klub qidirmoqchi. Mutaxassis "Tottenxem"ning bunday jamoalar sirasiga kirishiga shubha qilmoqda.
Sky Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Konte "shporlar" bilan ishlashga rozi bo‘lmasa, u faoliyatida bir yil tanaffus qiladi.
2020/21 yilgi mavsumda Konte boshqaruvidagi "Inter" Italiya chempioni bo‘ldi. Bundan avvalroq Konte "Real" bosh murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzodlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan edi, ammo ushba lavozimga boshqa bir italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti taklif qilindi.
Fikrlar