Konte "Napoli" taklifiga rad javobini berdi

  • 12 oktabr, 2023, 00:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Antonio Konte "Napoli" bilan muzokaralar o‘tkazayotgandi. Ammo murabbiy Italiyaga qaytmaydigan bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshmadi. Italiyalik mutaxassis boshqa takliflarni eshitib ko‘rmoqchi.

Konte 3 yillik shartnoma va yiliga 8 million evrolik maosh so‘ragani borasida ham mish-mishlar bor. Neapolliklar esa boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar orasida Grem Potter mavjud.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!