Konte "Inter"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

  • 5 aprel, 2019, 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda ishsiz yurgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte yangi mavsumda "Inter"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Calcio Mercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Konteni jamoada shaxsan “neradzurrilar” bosh direktori Beppe Marotta ko‘rishni xohlamoqda. U shu kungacha 49 yoshli mutaxassis bilan bir necha marta bog‘langan va ushbu masalada gaplashgan. O‘z navbatida Konte ham “Inter”ni boshqarishga rozilik bildirgan va shu bois bir necha oylardan buyon “neradzurrilar”dagi ichki muhitni kuzatib kelmoqda.

Konte so‘nggi paytlarda mojarolarga sabab bo‘layotgan hujumchi Mauro Ikardining ham sotib yuborilishiga qarshi emas. U Ikardining o‘rniga “Roma” forvardi Edin Jekoni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!