Konte Evropa ligasi finalida uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 22 avgust, 2020, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte kecha “Sevilya”ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi final uchrashuvidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Teng kurashlar ostida kechgan qiyin o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo‘limdagi birgina vaziyat hal etib qo‘yishi mumkin edi. Bizda bir nechta vaziyatlar bo‘ldi. Keyin esa, Lukaku bilan bog‘liq vaziyatda omad bizdan yaqqol yuz o‘girdi. Ayni damda afsuslanishim uchun hech qanday sabab yo‘q. Shogirdlarim bor kuchini berdi. Bugun tajriba asosiy rolni o‘ynadi, deb o‘ylayman. Hozir esa, futbolchilarim butun mavsum davomida qanchalik katta ishni bajarganliklarini o‘ylashlari kerak, deb bilaman. Ular finalga qadar etib keldi. Aksariyat yosh futbolchilar butun mavsum davomida juda katta tajriba to‘pladi. Endi ular o‘z kuchlariga ishongan holda o‘z yo‘llarida davom etishi mumkin”, - deydi italiyalik mutaxassis.

"Sevilya" ushbu sovrinni o‘z tarixida 6-marta qo‘lga kiritdi. Konte esa murabbiylik faoliyatida ilk bor evrokuboklar finalida qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!