
Konte endi qaysi jamoani chempion qiladi?
“Inter”ni uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Italiya chempioniga aylantirgan Antonio Konte o‘ziga yangi ish joyi qidirmoqda. Bu mutaxassis Milan klubi rahbariyati bilan chiqisha olmagani ortidan iste’foga chiqarildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem” xo‘jayinlari tajribali mutaxassisga ish taklif qilmoqda va ayni paytda muzokara hal qiluvchi pallaga kirgan.
Avvalroq, “Tottenxem” jamoa etakchilari bilan chiqisha olmagan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmagan Joze Mourinoni ishdan olgan edi. Portugaliyalik mutaxassis esa, “Roma”dan qo‘nim topdi.
“Totttenxem” rahbariyat Antonio Kontedan jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqishni talab qilishi kutilmoqda.
Fikrlar