
Konte dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar beshligiga kirdi
Milanning "Inter" klubi bugun Antonio Konteni o‘zining yangi bosh murabbiyi etib e’lon qilganidan xabaringiz bor.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 49 yoshli italiyalik mutaxassisga yiliga 11 mln evro maosh to‘lashadi. Shu tariqa Konte dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari kuchli beshligiga kirib oldi.
Ma’lumot uchun, ayni damda sayyoramizning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi “Atletiko” Madrid ustozi Diego Simeone hisoblanadi. Uning yillik maoshi 23 mln evroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlardan esa Xosep Gvardiola ("Manchester Siti", 18 mln), Ernesto Valverde ("Barselona", 12,5 mln) va Zinedin Zidanlar ("Real", 12 mln) joy olgan.
Fikrlar