Kompani: Hamon "Manchester Siti"ga muxlislik qilaman
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqidagi savollarga javob berdi.
"Pep mening futbolchilik faoliyatimda va murabbiy sifatida shakllanishimda muhim rol o‘ynagan, deb juda ko‘p ta’kidlaganman. Yozdan beri deyarli gaplashganimiz yo‘q. U Premer-liga cho‘qqisiga qaytish uchun qattiq mehnat qilyapti. Albatta, men hali ham "Manchester Siti" ga muxlislik qilaman va ular chempionlikni qo‘lga kiritib, muvaffaqiyatga erishishlarini istayman", dedi belgiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Gvardiola boshqaruvidagi "shaharliklar" APLda "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.



Fikrlar