
Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishga majbur bo‘ladi. Sababi...
"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2025 yilning yanvaridan boshlab "Red Bull" tizimidagi futbol operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i sifatida ish boshlaydi.
Jurnalist Kristian Falkning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, mutaxassisning mehnat shartnomasida u Germaniya terma jamoasiga ishga borishi mumkinligi bo‘yicha band mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi. Shuningdek, u murabbiylik faoliyatida Germaniyaning ikkita klubi – “Borussiya D” va “Maynts” klublarini boshqargan.
Fikrlar