Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda!
- 5-май 2025, 14:48
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
6–10 may kunlari Jizzax shahri, “Cyber arena" sport majmuasida yoshlar va kattalar o‘rtasida (16–18; 19–40 yosh) kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa WAKO qoidalari va Olimpiya tizimi asosida o‘tkazilishi belgilangan.
Tarozidan o‘tish 6 may, soat 9:00 dan 19:00 gacha davom etadi.
O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q