KHL World Games ilk bor Toshkentda

  • 27 noyabr, 2024, 21:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

2024 yil 22 dekabr kuni “Humo Arena” maydonida O‘zbekiston tarixidagi ilk KHL chempionati o‘yini bo‘lib o‘tadi, unda Minskning “Dinamo” va Moskvaning “Spartak” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Tecno

KHL World Games - bu butun dunyo bo‘ylab muxlislarni yuqori darajadagi xokkey bilan tanishtiradigan Evroosiyo eng yaxshi ligasining noyob tadbiri.
“Dinamo” KHL tarixidagi eng yaxshi bombardir, Olimpiya chempioni, jahon chempioni va ikki karra Gagarin Kubogi sovrindori Vadim Shipachev tajribali Shimoliy amerikaliklar va Belarus xokkeyining ko‘tarilayotgan yulduzlari safida o‘yin olib boradi. “Spartak” da KHLning eng ajoyib uchliklaridan biri — Pavel Poryadin va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medal sohiblari Nikolay Goldobin va Ivan Morozov o‘ynaydi. Bu halqa o‘tgan mavsumda ilgari hech qachon birga o‘ynamagan xokkeychilar orasidan “noldan” boshlab yig‘ilgan va ketma-ket gol ura boshlagan edi; endi spartakchilar o‘z mahoratini va o‘zaro hamjihatligini o‘zbek tomoshabinlariga namoyish etishga tayyor.
Tomoshabinlarni haqiqiy bayram – arenadagi faollik, jahon chempionlarining dastxat-sessiyasi va ikkita a’lo darajadagi jamoalarning qarama-qarshiligi kutmoqda!
Uchrashuv kuni “Humo” maktabining yosh tarbiyalanuvchilarini Olimpiya chempionlari, ko‘p karra jahon chempionlari Ilya Kovalchuk, Valeriy Kamenskiy, shuningdek, uch karra jahon chempioni, ikki karra Gagarin kubogi sohibi Sergey Fyodorov ishtirokida mahorat darslari kutmoqda.
O‘zbekiston KHL uchrashuvlari o‘tkaziladigan 16-mamlakat, Toshkent esa 49-shahar bo‘ladi.
KHL World Games loyihasi 2018/2019 yilgi mavsumda – Vena, Syurix va Tallinda boshlangan. Mavsumdan so‘ng o‘yinlar Davos va Tallinda, 2021 yilda esa Dubayda o‘tkazildi. Spartakchilar allaqachon KHL geografiyasidan tashqarida – 2010 yilda Davosda va 2018 yilda Tallinda chiqish qilgan. Minskliklar uchun esa bu birinchi shunday o‘yin bo‘ladi.
Aleksey Morozov, KHL prezidenti:
Biz KHL World Games loyihasi qaytishini e’lon qilishdan mamnunmiz. Ishonchim komilki, Toshkentdagi o‘yin bizning standartlarimizga javob beradigan yuqori darajada o‘tadi va yangi muxlislarni jalb qiladi. Biz uchun yangi mamlakat – O‘zbekistonda KXL vakili bo‘ladigan Minskning “Dinamo” va “Spartak” klublariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Bahodir G‘afurov, O‘XF vitse-prezidenti:
- O‘zbekistonda xokkey bor-yo‘g‘i olti yil davom etmoqda va shu qisqa davrda juda ko‘p ish qilindi. Ammo biz doimo yangi cho‘qqilarga intilamiz, shuning uchun O‘zbekistondagi KXL o‘yini muxlislarimizga yangi ufqlarni ko‘rsatadi, yangi standartlarni o‘rnatadi.
Eng yuqori darajadagi xokkeydan bahramand bo‘lish imkoniyati uchun o‘yin ishtirokchilari va Ligadan minnatdormiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!