
Keyingi mavsum "Neftchi"ni kim boshqaradi?
Farg‘onaning "Neftchi" klubi kelasi mavsum oldiga katta maqsadlar qo‘yishi qilinayotgan transferlardan ham ko‘rinib turibdi.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, kelasi mavsum jamoani Vitaliy Levchenkoning o‘zi boshqaradi. Murabbiyning yordamchilari iste’foga chiqariladi va yangi yordamchilar jalb etiladi. Farg‘ona viloyati rahbari tojikistonlik mutaxassisga ishonch bildirishga qaror qilgan.
Shuningdek, Jafar Irismetov klub sport direktori sifatida ish boshlaydi. Bugungi transferlar oynasidagi Farg‘ona klubining aktivligida shu tayinlov effekti ham bor.
Fikrlar