Kevin de Bryuyne Messidan Ronalduni ustun ko‘rdi
- 21-май 2025, 18:23
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
"Manchester Siti" a’zosi Kevin de Bryuyne mavsum so‘nggida klubni tark etishini ma’lum qildi. Yarimhimoyachini Saudiyaning "An-Nasr" va MLSning "Inter Mayami" jamoalar o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchi Messidan ko‘ra Ronaldu bilan o‘ynash afzal ekanligini aytib o‘tdi.
"Men Ronaldu bilan bir klubda o‘ynagan bo‘lardim, chunki u mukammal hujumchi " - dedi Belgiya terma jamoasi sardori.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLning 27 bahsida maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta assist muallifiga aylangan. Uning "shaharliklar"bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va Kevin erkin agentga aylanadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q