
Kellini qachon safga qaytadi?
- 18-октябр 2019, 13:42
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Futbol
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjio Kellinining agenti Davide Lippi mijozining qachon maydonga qaytishi haqida gapirdi.
“Uning sog‘ayish jarayoni yaxshi ketmoqda. U har kuni o‘z ustida juda ko‘p ishlaydi. Men unga qo‘ng‘iroq qilsam, u meni darhol tinchlantirishga urunadi. Uning qachon safga qaytishini bilmayman, ammo bu yangi yilda sodir bo‘lishi aniq. Bu yanvar, fevral yoki mart oyining oxirlarida bo‘lishi mumkin. U mavsum oxirigacha albatta tiklanadi”, - deydi agent
Eslatib o‘tamiz, Kellini 3 sentyabr kuni o‘ng tizzasidan operatsiya qilingan edi. Odatda bunday jarrohlik amaliyotidan so‘ng futbolchi kamida 6 oy davolanadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q