
Kayl Uoker tarixga kirdi
"Evro-2024" saralashi doirasidagi Ukraina hamda Angliya bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 26-daqiqada Oleksandr Zinchenko hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqada Kayl Uoker muvozanatni tikladi. Uoker Angliya terma jamoasi tarixida gol urgan 450-futbolchiga aylandi.
Bu Kaylning terma jamoadagi 77-uchrashuvida sodir bo‘ldi. U milliy terma jamoadagi ilk o‘yinini 2011 yilda o‘tkazgan. 2021-yilda Angliya terma jamoasi finalda italiyaliklarga yutqazib qo‘yganida Evropa vitse-chempioniga aylangan. Klub darajasida Kayl Uoker so‘nggi olti yil davomida "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, “C” guruhining navbatdagi turida Angliya Italiya bilan o‘ynaydi.
Fikrlar