Kay Kara-Frans UFC reytingidan nega chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
43 yoshli jurnalist va insayder Ariel Xelvani yangi zelandiyalik MMA ustasi Kay Kara-Fransning UFC reytingidan nega chiqarib tashlangani ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Kara-Frans UFC rahbariyatini bir yillik tanaffus olishi haqida ogohlantirib, u shu vaqt davomida hayotidagi boshqa masalalarga e’tibor qaratishni aytgan. Shu sababli u qaytishini rasmiy ravishda bildirmaguncha va yana doping nazorati (USADA/antidoping puli) tizimiga kirmaguncha, UFC ning super engil vazn reytingida TOP-15 likka kiritilmaydi.
Ma’lumot uchun, Kara-Fransning professional MMAdagi rekordi: 25 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 1 bekor qilingan jangdan iborat.



Fikrlar