"Kavasaki Frontale" murabbiyi: Braziliyalik legionerlar biz bilan Toshkentga etib kelgan. Ular maydonga tushishga tayyor!

  • 25 iyun, 2021, 12:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi "H" va "I" guruh bahslari poytaxtimizda o‘tkazilmoqda. Bugun "I" kvarteti ishtirokchilari "Kavasaki Frontale" vakillari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jamoa murabbiyi Toru Onikining o‘yindan oldingi fikrlari bilan tanishing:

Tecno

"Biz ushbu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va jamoamizning oldidagi maqsad faqat g‘alaba qozonish. O‘ylaymanki, biz buni uddalaymiz. Biz bu turnirda yaxshi tajribaga egamiz. Bu muvaffaqiyatli ishtirok etishimizga yordam berishidan umidvormiz.

Jamoada Yaponiya olimpiya terma jamoasida o‘ynaydigan futbolchilar bor. Ularni chaqirish hech qanday muammo bo‘lmadi. Ular shu klub a’zosi va ular buni yaxshi biladi. Braziliyalik legionerlar biz bilan Toshkentga etib kelgan. Ular maydonga tushishga tayyor

Ushbu musobaqada Yaponiyadan 4 jamoa ishtirok etmoqda. Ularning barchasi kuchli klublar. Men yurdoshlarimning barchasiga omad tilayman va o‘ylaymanki, yakunda biz g‘alaba qozonamiz".

Jamoa futbolchisi Miki Yamane:

"Ushbu turnirga Yaponiya chempioni sifatida tashrif buyurdik va endi bu musobaqani yutishdan umidimiz katta. O‘ylaymanki, biz chempion bo‘lamiz. Toshkentga 2 kun oldin keldik va bu erga etarlicha moslashib oldik. Oldimizda turgan vazifa ilk o‘yinda g‘alaba qozonish. Bu keyingi turlarda katta yordam beradi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!