
Katta maosh va to‘rtta zo‘r o‘yinchi bo‘lsa, shu jamoani boshqaraman!
“Tottenxem” bosh murabbiy qidirmoqda. Klub rahbariyati “Manchester Yunayted”dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqargan edi.
Klub prezidenti Daniel Levi jamoani italiyalik mutaxassis Antonio Kontega topshirmoqchi. O‘tgan mavsum “Inter”ni chempion qilgan murabbiy londonliklarni qabul qilib olishga tayyor. Faqat u o‘z shartini bajarilsagina jamoani shug‘ullantiradi.
Antonio Konte “Tottenxem” rahbariyatidan uch yillik shartnoma, bir mavsumga 15 million evro maosh va o‘zi istagan 3-4 ta futbolchi transferini amalga oshirishni so‘ramoqda.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar