Katanetsdan kuyganlar...

  • 4 yanvar, 12:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Srechko Kanatets 2025 yilning yanvar oyidagi ilk yig‘ini va o‘rtoqlik o‘yini uchun olib ketiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, legionerlarni aksariyatiga dam olish imkoni berilgani bois, avval vaqt va e’tibor qaratilmagan boshqa futbolchilarga urg‘u berildi. To‘liq ro‘yxat:

Mister Katanets o‘z-o‘ziga qarshi borib rotatsiyaga qo‘l urganiga qaramay, bir nechta futbolchi yig‘inlardan tashqarida qolgani bor gap. Xo‘sh, ular kimlar?

Markaziy himoya chizig‘idagi kichik yong‘inni o‘chirishi mumkin bo‘lgan “Neftchi“ sardori Anvar G‘ofurov

“Yo‘lbarslar“ sardori Farg‘ona klubining so‘nggi yillardagi almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylanib bo‘ldi. U Vitaliy Levchenkoning 3 ta markaziy himoyachiga suyangan sxemasidagi eng muhim rollardan birini ijro etadi. U kerak pallada raqibni kutib olishi va shu bilan birgalikda “sug‘urtalash” uchun so‘nggi himoyachi vazifasini ham bajarishi mumkin. So‘nggi o‘yinlarda Eshmurodov va Ashurmatovning o‘yinidagi pasayish kuzatilganini fonida, “kichik o‘t o‘chiruvchi“ ijrochini muhim bahslarga tayyorlab borish zarar qilmaydi. Qatar va Shimoliy Koreyaga qarshi bahslar ko‘rsatdi-ki, birgina Abdulla Abdullaev himoya chizig‘idagi fors-major holatlarni berkita olmaydi. Anvar o‘zining pik formasida bo‘lgan paytda, terma jamoa uchun naf keltirishiga shubha yo‘q.

Qanotda yangi qon quyishi mumkin bo‘lgan — Ibrohimhalil Yo‘ldoshev “Qayrat”

Ortda qolgan mavsumda Qozog‘iston chempioni, kompramisga bormaydigan qanot himoyachimiz bu safargi yig‘indan ham chetda qoldi. Uning pozitsiyasidagi variantlarni ko‘p ekanligi o‘z yo‘liga, ammo o‘rtoqlik o‘yinlarida Sayfiev va Nasrullaevga biroz hordiq chiqarish imkonini berish mumkin edi. Boz ustiga, hali to‘liq sinovdan o‘tmagan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kolibridagi futbolchi bor paytda. Yo‘ldoshev kerakli pallada hujumdagi bosimni oshirishi, to‘liq qanotni bir o‘zi berkitgan xolda, vingerlarga oldingi chiziqda erkin harakat qilish imkonini berishi mumkin. Uning tezkorligi va kerakli pallada reydlarni amalga oshirishi murabbiylar shtabida o‘yinida o‘zgarish qilish uchun richag vazifasini o‘tab berishga qodir.

Yarim himoyadagi rang-baranglik — Aziz G‘aniev “Al Batex”



Ancha yillardan beri legioner maqomida to‘p surib kelayotgan yarim himoyachimiz klass borasida hech kimda hech qanday savol qoldirmagani turgan gap. Negadir, u Srechko Katanetsning rejalaridan har safar tushib qolmoqda. Hatto, o‘rtoqlik o‘yini va boshqalarga imkon berish ko‘zda tutilgan yig‘inda ham sloveniyalik murabbiy Odil Hamrabekovni olib ketishga qaror qildi. “Bunyodkor” futbolchisiga hech qanday e’tiroz yo‘q, ammo ko‘pchilik uchun imkon berilishi ko‘zda tutilgan yig‘inda shundoq ham barcha o‘yinda 90 daqiqa almashtirilmay to‘p suradigan Hamrabekov o‘rniga BAAdagi Aziz G‘aniev variantini hech yo‘q bir o‘yinda ko‘rib olish to‘g‘ri bo‘lar edi menimcha. Aziz standartlarni yaxshi ijro etibgina qolmay, chuqur himoyalanayotgan jamoalarga qarshi o‘yinda nozik uzatmalar bilan zarba nuqtasiga olib chiqishi mumkin. Uzoq masofadan beriladigan zarbalar haqida indamadim. Strategik tomondan, u bizga Qirg‘iz Respublikasi va Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinlarda kerak bo‘lishi mumkin edi. Afsus, katta ehtimol G‘anievni yaqin 2 yil ichida terma jamoada ko‘rmasak kerak.

Xurshid G‘iyosov



“Konchilar” safida bir necha mavsumdan beri eng stabil samaradorlik namoyish etayotgan yarim himoyachi Srechko Katanets e’tiboridan bu safar ham chetda qoldi. Xurshid G‘iyosov o‘ng va chap qanotda birdek faol bo‘lish bilan birgalikda, kerakli pallada zarba nuqtasida paydo bo‘lish bobida benazir ekanligi hech kimga sir emas. Xurshid hech yo‘q terma jamoa uchun nomzodlarni ko‘rib olish uchun tashkil etilgan yig‘indan joy olishini ko‘pchilik kutgani aniq, ammo yakunda unday bo‘lib chiqmadi. U allaqachon yig‘inlarda murabbiylar shtabining falsafasini uqib bo‘lgan Aziz Amonovni almashtirishi mumkin edi. Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlari oldidan yana bir ijrochini ko‘rib olish foydadan xoli bo‘lmas edi.

Nodirbek Abdurazzoqov



Xuddi Abbosbek singari yurtimizda o‘tkazilgan U20 Osiyo chempionatida porlab chiqqan vinger OKMKda tobora asosiy ijrochiga aylanib bormoqda. Uning Aziz Xolmurodov bilan tandemi ortda qolgan mavsumda Olmaliq klubining o‘yinlarni final qismini yuqori tempda o‘tkazishiga katta hissa qo‘shdi. Katanets bu yig‘inga Aziz Xolmurodovni chaqirgan edi, ammo jarohat sababli forvard yig‘inga bora olmadi. Bo‘shagan o‘rin uchun Nodirbek mantiqan olib qaralganda asosiy nomzod edi. Vaqt o‘tmoqda. Keyingi avlodlar almashinuviga hozirdan asta-sekinlik bilan tayyorgarlik ko‘rish lozim. Abdurazzoqovni termada debyut qilishi vaqt masalasi.

Oybek Yuldoshev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
04/01/2025 19:26
1992йили Дания европа чемпионатида катнашганда, уйинчилардан бирини фарзанди касалхонага ёткизилади. шу уйинчини фарзанди отасидан голиб булишни сурайди, ота эса жамоасини голиб булишини та'минлайди. Бизнинг уйинчиларни узига ишончи йук
Baxil Alihuja
04/01/2025 19:13
Иброхимхалилни курдик... термадаги мухим уйин вактида оиласини бахона килиб кочиб кетганди?
Сохипов Хусанбой
04/01/2025 15:35
Шахсий фикрим Иброхимхалил ва Азиз Ганиев лойик, колганлари торотмаса керак, яна билмадим.