
Karvaxal "Real"ning ilk g‘alabasi haqida gapirdi
Kecha tunda “Real Madrid” La Ligada o‘zining yurishini boshladi va birinchi turda “Osasuna” maydoniga safar kildi. Uchrashuv "qirollik klubi"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng “Real” himoyachisi Dani Karvaxal jamoaning mavsumdagi birinchi g‘alabasi haqida gapirib o‘tdi.
"Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligimizni va jamoamiz hali to‘liq shakllangani yo‘qligini bilardik. Chidamlilik biroz etishmadi va butun o‘yin davomida yuqori tempda o‘ynash qiyin bo‘ldi, lekin deyarli qiynalmadik . Asosiysi uch ochko olish edi. Mavsumni yaxshi boshlash muvaffaqiyatning kalitidir”,- dedi ispaniyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" 2-turda mehmonda “Real Oveda” ga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 25 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da start oladi.
Fikrlar