
Kamoliddin Tojiev: "Neftchi" deyarli vaziyatlar yarata olmadi"
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "Neftchi"ga qarshi g‘alabadan keyin matbuot anjumanida qatnashdi.
"O‘yinni yaxshi boshladik. Chetlatishdan so‘ng himoyalanishga majbur bo‘ldik, ammo gol ham urdik. Ikkinchi bo‘limda himoyalandik va Umarni maydonga tushirib, besh nafar himoyachi uslubiga o‘tib oldik.
Maqsadimiz bizni oldinga etakladi. Yigitlar ko‘proq ochko to‘plashimiz kerakligini tushunib turishibdi. Birinchi davrada ko‘p ochkolar yo‘qotdik. Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Bugun yaxshi himoyalandik. Shu sababli "Neftchi" deyarli vaziyatlar yarata olmadi.
Bizda FIFA kunlarida 15 nafar futbolchi terma jamoaga yo‘l oldi. Yoshlarimiz ham U23 termasi safida saralash musobaqasida ishtirok etishdi. Mening xavotirga solgan narsa jarohatlar edi, ammo iroqlik futbolchilarimiz jarohat bilan safimizga qaytishdi. Futbolchilarda charchoq sezilmadi. Sababi ular "Paxtakor" uchun bor kuchlarini topishadi. Ikki-uch kun tiklanishga harakat qildik. Bizni ajoyib qo‘llab turgan muxlislarga g‘alabani bag‘ishlaymiz", - dedi Tojiev.
Fikrlar