Kamavingaga da'vogar ham, “Real” belgilagan narx ham ma'lum bo'ldi
- 19-апрел, 09:28
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining ikki grandi – “Manchester Yunayted” va “Arsenal” klublari “Real”ga kerak bo‘lmay qolgan fransiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavingaga jiddiy qiziqish bildiryapti.
Yana ikki jamoa – “Chelsi” va “Tottenxem” 23 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishni ma’qul ko‘rmoqda.
Shuningdek, “Pari Sen-Jermen” rahbariyati futbolchini Fransiyaga qaytarish variantini jozibador, deb hisoblamoqda. Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kamavinga katta ehtimol bilan faoliyatini aynan Angliyada davom ettiradi. “Qirollik klubi” Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 60 million yevro talab qiladi.
Xabar qilinishicha, Premier-ligaga o‘tgan taqdirda futbolchi haftasiga 200-250 ming funt (230-280 ming yevro) miqdorida maosh talab qilishi mumkin.
Kamavinga 2021 yildan beri “Real”da o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.