
Jons: Reyes meni qiynadi!
UFCning yarimog‘ir vazndagi chempioni Jon Jons Dominik Reyes ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi.
"Reyes a’lo darajada ishladi. Menga qiyin jangni taqdim etdi. Uning ajoyib "jeb" zarbalari bor.
Men uni uzoq vaqt mobaynida ushlay olmadim, erga yotqiza olmadim.
Uning ajoyib texnik zarbalari bor, menga oson bo‘lmadi. Ammo oxirgi daqiqalarda qilgan bosimim menga natija olib keldi. "Teykdaun"lar menga g‘alabani taqdim eta oldi.
Revanshmi? Bilmadim, jamoam bilan gaplashaman va biz birgaikda qaror qabul qilamiz," - dedi Jons.
Eslatib o‘tamiz, Jons Reyesni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar