
Jon Jons Islam Maxachevni tanqid qildi
UFC og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons Islam Maxachevning Dastin Pore bilan jangini tanqid qildi.
"So‘nggi daqiqada raqibini bo‘g‘gani uchun Islamni eng yaxshi jangchi deb atash qanchalik to‘g‘ri? Menimcha, jarohatdan so‘ng boshqa chora topolmay holdan toygan Poreni bo‘g‘ib qo‘ya qoldi", - deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqlarda.
Ammo bir necha daqiqa o‘tgach, Jon yozganlarini o‘chirib tashladi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha Islam Maxachev kamar himoya jangida Dastin Poreni beshinchi raundda bo‘g‘ib qo‘ydi va engil vazn toifasi chempionligini o‘zida saqlab qoldi. Shu tariqa, Islam vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar reytingi P4P da hali-hamon etakchilik qilmoqda.
Fikrlar