
Joau Felish “Barsa” va “Atletiko” o‘rtasidagi farqni ajratib berdi
“Atletiko”ning portugaliyalik legioneri Joau Feliks joriy mavsumni ijara asosida “Barselona”da o‘tkazmoqda.
Hujumkor futbolchi Madrid va Kataloniya klublari o‘rtasidagi farq haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘rinib turadi. Bu o‘yin borasida va klublar faoliyatida namoyon bo‘ladi. “Barselona” futbolni umuman boshqacha o‘ynaydi. Lekin bu qaysidir jamoa yaxshi yoki yomon, degan xulosani bermaydi.
Shunisi aniqki, “Barselona”ning o‘yin uslubi menga ko‘proq mos keladi va shu bois, bu jamoa men o‘zimni baxtiyor his qilyapman, - dedi Joau Feliks.
Fikrlar