Jiru yozda Amerikaga ketmoqchi!

  • 23 mart, 2024, 16:31
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Milan" futbolchisi Olive Jiru faoliyatini Amerika Qo‘shma Shtatlarida davom ettirish niyatida. U hamyurti Ugo Loris shartnoma imzolagan "Los-Anjeles" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 

"L’Equipe" nashrining yozishicha, futbolchi milanliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. U Evropa futbolidan biroz dam olishni maqsad qilgan. 

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum A Seriyaning 26 o‘yinida 12 gol va 8 assist muallifi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!