
JCh-2022 saralashi. Janubiya Koreya o‘z maydonida Livanni kichik hisobda engdi
Bundan biroz avval JCh-2022 saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundining “A” guruh 2-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya hamda Livan terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
“Suwon world cup stadium”da kechgan bahs taqdirini 60-daqiqada Kvon Chxan Xun tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Janubiy Koreya 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylanib olgan bo‘lsa, Livan 5-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, "A" guruhida shuningdek, Eron, BAA, Iroq va Suriya terma jamoalari joy olgan.
Fikrlar