
JCh-2022. Modrich - Marokash hamda Xorvatiya termalari o‘rtasidagi o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi (foto)
Biroz avval Qatardagi mundial 1-turi doirasida Marokash va Xorvatiya terma jamoalari maydonga tushdi.
"Al-Bayt" stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bahsda hisob ochilmadi - 0:0. Nominal mehmonlar yarim himoyachisi Luka Modrich bellashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. U o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.
Fikrlar